AQSh va Xitoy fevral oyi oxirida ikki davlat rahbarlarining Vetnamda uchrashuv o‘tkazishlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi South China Morning Post gazetasiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz.
Nashrning ma’lum qilishicha, XXR raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp 27-28 fevral kunlari Danang shahrida savdo masalalarini muhokama qilish uchun uchrashishadi.
Avvalroq WSJ gazetasi Xitoy delegatsiyasi Vashingtonda bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralarida fevralda Xaynan viloyatida Tramp va Si Szinpin uchrashuvini o‘tkazish taklifi bilan chiqqanini xabar qilgandi.
Xitoy va AQSh o‘tgan yili qator mahsulotlarga boj to‘lovlari oshirilishi bo‘yicha bir necha bor muzokara o‘tkazgandi. Dekabr oyida esa ikki davlat rahbarlari savdo urushida "sulh" tuzilishiga kelishib olishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin