
Internet foydalanuvchilari Istanbulning Kartal tumanida sakkiz qavatli bino qulashi aks ettirilgan videoni ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylashtirishdi.
Voqea sodir bo‘lgan payt ko‘chada ko‘p yo‘lovchilar bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 tadan ziyod kishi esa turli darajadagi jarohat olgan.
CNN Turk ma’lum qilishicha, hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vayronalar ostidan odamlarni qidirish davom etmoqda.
Binoda 14 ta xonadon istiqomat qilgan. 43 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Vayronalar ostida kamida 5 ta avtomobil qolib ketganligi aytilmoqda.
VIDEO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar