22:53 / 08.02.2019
3 944

Ukraina prezidenti lavozimiga 44 nomzod kurash olib boradi

Ukraina prezidenti lavozimiga 44 nomzod kurash olib boradi
Ukraina markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlariga nomzodlarni roʻyxatga olish jarayonini yakunladi.
Umumiy hisobda roʻyxatdan oʻtish uchun ariza topshirgan 91 kishidan 44 nafari roʻyxatga olingan.

Joriy yilda prezident kursisi uchun rekord sondagi nomzodlar kurash olib boradi. Avvalgi rekord 2004 yilda qayd qilingan, oʻshanda saylovlarda 24 kishi ishtirok etgan. 2014 yildagi saylovlarda esa 21 nomzod qatnashgan.

Prezident lavozimiga nomzodlar orasida amaldagi prezident Pyotr Poroshenko, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko, shoumen Vladimir Zelenskiy bor. Aynan ular nomzodlar orasida ommaviylik reytingida yetakchilik qilmoqdalar.

Saylovlar 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan koʻproq ovoz toʻplay olmasa, 21 aprelda 2-tur boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti lavozimiga 44 nomzod kurash olib boradi