Turkiyada Fathulla Gulenning FETO tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 641 kishi qo‘lga olindi. Anqara ushbu tashkilotni 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblab keladi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda isyonchilar tarafdorlariga qarshi qaratilgan, oxirgi vaqtdagi eng yirik aksilterrorchilik operatsiyasi boshlandi. Turkiya prokuraturasi umumiy hisobda 1112 kishini hibsga olishga order bergan.
Ta’kidlanishicha, operatsiya mamlakatning 76 ta viloyatida olib borilmoqda. Kuch tuzilmalari yana 471 gumonlanuvchini qo‘lga olishi kerak.
2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh askar va zobitlari davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni asirga olishga uringan. Asosiy kurash Istanbul va Anqarada kechgan, uning davomida 250 kishi halok bo‘lgan, 2000 dan ko‘proq kishi jarohat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi