
Venesuela harbiylari muxolifat bilan muzokaralar olib bormoqda, deya ma’lum qildi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
«Muhim generallar, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlayotgan yirik shaxslar muxolifat bilan muntazam muloqot olib bormoqda, - deya ma’lum qildi Bolton. - Bu ochiq ketmayapti, ammo muzokaralar davom etmoqda».
Trampning maslahatchisi ta’kidlashicha, Venesuelada 2 ming nafar general bor - bu NATOga mamlakatlaridan ham ko‘p bo‘lib, korrupsiyaning asl sababidir.
O‘z navbatida, Maduro AQShni o‘z mamlakatini tinch qo‘yishga chaqirdi. «Donald Tramp, Venesueladan qo‘lingizni torting. Venesuela rivojlanib ketadi», - deya ma’lum qildi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar