
Internetda Xitoyning Guandun viloyatida arqon ko‘prikning uzilib tushishi videosi joylashtirildi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Sayyohlar ko‘prik orqali o‘tishayotganda, ulardan biri ko‘prik o‘rtasida sakrab, ko‘prikni chayqata boshlagan.
Natijada ko‘prik yuklamani ko‘tara olmay, uzilib tushgan. Ko‘prikda bo‘lgan sayyohlar chekkalardan tortilgan arqonga ilashishdan boshqa choralari qolmagan.
Xitoy OAVning ma’lum qilishicha, Yanszyan shahridagi diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan ko‘prik suvdan 2,5 metr balandlikda joylashgan. Ko‘prikda bo‘lgan barcha 6 kishi ehtiyot kamarlarida bo‘lganlari sababli jarohat olishmagan. Ko‘prik noma’lum muddatga yopib qo‘yilgan.
XitoyGuandun ViloyatiKo‘prikSayyohlarVideoni Ko‘rishYanszyan ShahriDiqqatga SazovorEhtiyot KamarJarohat Olishmagan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing