Neymar jarohati tufayli ikki kun tinmay yig‘lagan ekan...

Neymar jarohati tufayli ikki kun tinmay yig‘lagan ekan...
PSJ hujumchisi Neymar jarohati sababli ikki kun davomida yig‘laganini tan oldi. Braziliyalik futbolchi Fransiya Kubogidagi «Strasburg» klubi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgandi.
U Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yubordi.

«Birinchi marta jarohat olganimda imkon qadar tezroq tuzalishim kerak, deb o‘zimga o‘zim so‘z bergandim. Juda xafa bo‘ldim. Bu safargi olgan jarohatimni hazm qilish men uchun qiyin bo‘ldi. Ikki kun tinmay yig‘ladim», — deya Neymarning so‘zlarini keltirib o‘tadi GlobeEsporte.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar