Qozog‘iston hukumati milliy valyuta – tanganing dizayniga o‘zgartirish kiritdi. Endi tanga va qog‘oz tangalarda rus tilidagi yozuv bo‘lmaydi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tegishli farmoni “Adilet” axborot-huquqiy tizimi saytida e’lon qilingan.
“Banknota va tangalar dizaynida qo‘llanadigan yozuvlar matni davlat tilida rasmiylashtiriladi. Investitsion va kolleksion tangalar dizaynida xorijiy tillardagi yozuvlarga ruxsat beriladi”, deyilgan hujjatda.
Eski qoidalarga ko‘ra, kupyura va tangalar bezagida qozoq tili barobarida rus tilining ishlatilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Qozog‘istonda rus tili rasmiy til maqomiga ega. U davlat tili hisoblanmaydi va konstitutsiyaga ko‘ra davlat tashkilotlarida qo‘llanishi mumkin. Mamlakat hukumati aholining qozoq tilidan tashqari, rus va ingliz tilini o‘rganishga undash maqsadida “uch tillik” siyosatini yurgazadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi