2 924
Microsoft xodimlari 480 mln dollarlik harbiy shartnomadan voz kechishni talab qilishmoqda
Microsoft kompaniyasi xodimlari 480 mln dollarlik yirik harbiy shartnomadan voz kechish talabi bilan ochiq xatni imzolashdi. Shartnoma harbiy harakatlar va mashg‘ulotlar vaqtida aralash reallik shlemi HoloLens negizida yotuvchi texnologiyani qo‘llashni nazarda tutadi.
Kompaniya xodimlarining ta’kidlashicha, aralash reallik texnologiyasini qo‘llash harbiy harakatlarni videoo‘yinga o‘xshash qiladi va “askarlarni urushning haqiqatlaridan yiroqlashtiradi”.
Kompaniya bu shartnomani 2018 yil noyabrda yutib olgan. Armiya modernizatsiya qilingan HoloLens shlemidan 100 mingta sotib olishni rejalashtirgan. Bu shlem sotuvga chiqqach umumiy hisobda 50 mingtaga yaqin sotilgan.
Shlemning “harbiy” versiyasi tungi ko‘rish rejimi, issiqlik datchiklari, tana ko‘rsatkichlarini nazorat qilishi bilan farqlanadi. Bu shartnomani MagicLeap kompaniyasi ham olmoqchi bo‘lgan.
2018 yilda Google kompaniyasi ham o‘z xodimlari qarshiligidan keyin Pentagon bilan shartnomadan voz kechgandi. Kompaniya uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan olingan suratlarda odamlar va ob’ektlarni tanishga imkon beruvchi tizimni yaratish bilan shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi