20:33 / 25.02.2019
4 601

Tramp Klintonni Rossiya bilan «til biriktirish»da aybladi

Tramp Klintonni Rossiya bilan «til biriktirish»da aybladi
Amerika yetakchisi Donald Trampning tvitterda ma’lum qilishicha, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton go‘yoki Rossiya bilan aloqador bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Demokratik partiyasi va Klinton Amerika saylovlari vaqtida Rossiya bilan «til biriktirgan».
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, FTB demokratlar milliy qo‘mitasi ma’lumotlariga kirish imkonini topa olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xillari Klinton Donald Trampning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqish qarori Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun «sovg‘a» hisoblanishi haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Klintonni Rossiya bilan «til biriktirish»da aybladi