Qo‘shiqchi Shakira 12 iyunda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovi bo‘yicha Ispaniya sudi oldida ayblanuvchi sifatida javob beradi.
Espluges-de-Lobregat shahri sudi (Kataloniya) prokuraturaning qo‘shiqchining soliq to‘lamasligi bo‘yicha 6 ta holat (daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i) bo‘yicha arzini ko‘rib chiqishga qabul qilgan.
Gap 14,5 mln yevro haqida bormoqda. Prokuratura fikricha, qo‘shiqchi daromadini Kayman orollari, Virgin orollari, Panama va boshqa ofshor hududlardagi 14 ta kompaniya orqali yashirgan.
Shakira 2010 yildan buyon ispaniyalik futbolchi Jerar Pike bilan uchrashadi. Juftlik o‘z aloqalari haqida 2011 yilda rasman e’lon qilgan, biroq qo‘shiqchi Ispaniya soliq idoralari hisobiga 2015 yilda turgan. Shu tariqa, soliqchilar qo‘shiqchi 4 yil davomida Ispaniyada soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan deb hisoblashmoqda, vaholanki qo‘shiqchi shu vaqtning ko‘p qismi davomida Ispaniyada yashagan.
Shakira advokatining ta’kidlashicha, qo‘shiqchi 2015 yilgacha Ispaniyada yashamagan, shu sababli u Ispaniya oldidagi barcha soliq majburiyatlarini bajargan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi