26 fevral kuni KXDR rahbari Kim Chen In AQSh bilan bo‘ladigan sammitda qatnashish uchun Xanoy shahriga yetib keldi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Vetnamgacha u zirhli poyezdda kelgan, keyin esa avtomobilga o‘tirib Xanoyga kelgan. Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u uch ming kilometrdan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan.
23 fevral kuni Kim Chen In Pxenyan vokzalidan yo‘lga chiqqan. Unga singlisi Kim Yo Chjon, Tashqi ishlari vaziri Li Yon Xo va Xalq qurolli kuchlari vaziri No Gvan Chxol hamrohlik qilgan.
Xorijiy safarga chiqayotganda Kim Chen In sekin yuradigan zirhli poyezddan foydalanadi. Xitoydagi norasmiy uchrashuvga ham mana shunday poyezdda borgan. O‘shanda jurnalistlar poyezd «sharob bilan to‘latilgan» deya xabar bergan edi.
Vetnamda, xuddi avvalgi sayohatlar kabi soqchilar KXDR rahbarining limuzini harakatlanayotgan paytida yugurib qo‘riqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Singapurda KXDR va AQSh davlat rahbarlarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tgan edi. Unda Kim Chen In va Tramp hamkorlik deklaratsiyasini imzolagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi