Maʼlumki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Qonundagi oʻgʻrilar” deb atalmish oʻta xavfli jinoyatchilarga qarshi javobgarlikni kuchaytirish haqida yangi qonun loyihasini eʼlon qildi. Yangi qonunga koʻra endi “Qonundagi oʻgʻri” shu birgina nomni yelkasida koʻtarib yurgani uchun 8 yildan 15 yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Agar oʻgʻrilar “sxodka”si, yaʼni, yigʻinida ishtirok etsa, jazo muddati 20 yilgacha uzaytiriladi. Bundan tashqari, har bir oʻgʻriboshi maxsus xizmat, federal xavfsizlik xizmati xodimlarining kuzatuvida boʻladi. Ularning telefon qoʻngʻiroqlari, yurgan yoʻli, gapirgan gapi nazoratda ushlanadi. Basharti kimgadir telefon orqali buyruq bersa ham, tamom, darhol qoʻlga olinib, ozodlikdan mahrum etiladi.
Ammo Rossiyadagi oʻgʻriboshilar ham anoyi emas. Ular yangi qonunga qarshi kurashga astoydil bel bogʻlashdi. Endi ular jinoiy guruhlarni boshqarish zarur boʻlsa, Turkiya, Ozarbayjon, Italiya va boshqa davlatlarga oʻtib, oʻsha yerdan telefon qoʻngʻiroqlarini amalga oshiradi. Koʻribsizki, Rossiyadagi maxsus xizmat tashkiloti vakillari oʻgʻriboshilarning telefon qoʻngʻiroqlarini nazorat etish imkonidan mahrum boʻlishadi.
Xorijdan turib qoʻl ostidagilarni boshqarish amalini oʻgʻriboshilar allaqachon boshlab ham yuborishgan. Koʻpchiligi yirik kompaniyalarga egalik qiladi. Ularning egri daromadini kuzatish va aniqlashning umuman imkoni yoʻq. Ayrim oʻgʻriboshilar esa pensiya guvohnomasi yoki mehnat daftarchalarini rasmiylashtirishga erishishgan. Bu ham oʻgʻriboshi goʻyo egri yoʻl bilan pul topmayotganini koʻrsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi