
Kanadaning Vankuver shahri yaqinidagi “Graus Mauntin” togʻ-changʻi kurortida 8 yoshli bola kanat yoʻliga otasi va 3 yoshli singlisi bilan birga oʻtirganda koʻngilsiz voqea yuz bergan. Kanat yoʻli harakatlanayotganda bola tasodifan oʻrindiqdan sirpanib ketgan. Bolaning otasi oʻgʻlining bilagidan ushlab qolgan, biroq qizini ham ushlab turishga harakat qilgani sababli oʻgʻlini tortib ololmagan.
Bola yerdan 6 metrcha balandlikda osilib turgan. Kattalar bundan hang-mang boʻlib, talmovsirab turgan bir paytda yordamga birinchi boʻlib oʻsmirlar oshiqqan. 12 yoshli Joshua Reyvensbergen voqea vaqtida doʻstlari bilan changʻi uchayotgan boʻlgan. Oʻsmirlar toʻsiqlar vazifasini bajaruvchi toʻrdan bir qismini olib, uni bolaning pastida tortib turishgan va bolani unga sakrashga koʻndirishgan.
“U yerda odamlar bor edi, biroq ular nima qilishni bilmay qoʻl qovushtirib turishgan”, deb aytgan oʻsmir.
Natijada bola qutqarib olingan. Unda jarohatlar yoʻqligiga qaramay, shifoxonaga joʻnatilgan. Oʻsmirlarni esa kichik qahramonlar deb atay boshlashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!A group of friends have been hailed as heroes after coming to the rescue of a boy dangling from a ski lift ⛷️
— Sky News (@SkyNews) March 3, 2019
More videos here: https://t.co/lDLLXxfbOh pic.twitter.com/shB37Wk3tK
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar