Astronavt uch oyda besh santimetrga oʻsdi

Astronavt uch oyda besh santimetrga oʻsdi
Foto: NASA/Enn Makkleyn
2018 yilning 3 dekabridan boshlab orbitada boʻlgan 39-yoshli NASA astronavti Enn Makkleyn shu vaqt mobaynida sezilarli darajada oʻsdi, deb yozadi “Daryo”.

“Men orbitaga koʻtarilgan paytimdan beri ikki dyuym (besh santimetrdan sal koʻproq)ga oʻsdim”, — deb yozgan amerikalik ayol skafandrni kiyib koʻrganidan soʻng oʻzining Twitterʻdagi sahifasida.

Xabarda aytilishicha, Yaponiyaning JAXA aerokosmik tadqiqot agentligi gravitatsiyaning yoʻqligi sababli odamlar boʻyi odatda taxminan 1—2 santimetrga oʻsishini aytgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar