
Germaniyadagi Bilefeld shahri sudi davomida hamkasblarini bir necha yil davomida simob va boshqa moddalar bilan zaharlab kelgan shaxsga bir umrlik qamoq jazosi tayinladi.
The Independent nashrining xabar berishicha, u oʻtgan yili qoʻlga olingan: videokuzatuv kameralariga u hamkasbining buterbrodiga shubhali kukunni sepayotgani muhrlangan.
Uning uyi tintuv qilinganida kimyoviy laboratoriya borligi aniqlangan. Politsiyaning aniqlashicha, u bu yerda oʻzi ishlayotgan zavoddagi xodimlarning yeguliklariga qoʻshib qoʻyish uchun turli moddalarni sinovdan oʻtkazgan.
Nashrning maʼlum qilishicha, zaharlanish oqibatida ikki kishining buyragiga jiddiy zarar yetgan, yana bir kishi komga tushib qolgan.
Uning nima uchun bunday qilgani hozircha maʼlum emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar