Moskvaning Sheremetyevo aeroportida AQSH elchixonasi xodimi yuklari ichida mina olib oʻtishga urindi, deb xabar berdi RIA Novostiga tayanib Kun.uz.
“Aftidan, AQSH chegaralarimiz yaqinida muntazam ravishda jangovar kemalar va samolyotlar yordamida igʻvogarona reydlar uyushtirish orqali Rossiyada xavfsizlik taʼminlanganlik darajasini nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan ham tekshirishga urinmoqda. Buning ustiga, oʻz elchixonasi xodimlari yordamida”, — deb maʼlum qilgan RIA Novostiga TIV vakili.
Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, AQSH elchixonasi xodimining yuklari tekshirilganida minomyot minasiga oʻxshash buyum borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, tekshiruv joyiga chaqirilgan portlash texnikasi mutaxassislari uning korpusi ustida portlovchi modda izlari boʻlgan, ammo portlovchi moddasiz mina ekanligini tasdiqlashgan.
Diplomatlarning soʻzlariga koʻra, elchixona xodimi xizmat safari yakunlangani tufayli Rossiyani tark etayotgan boʻlgan va boʻsh minani “shaxsiy kolleksiyasi uchun” olganini taʼkidlagan. U keyingi reys bilan Nyu-Yorkka uchib ketgan, faqat minasiz holda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi