Foto: “Facebook”/Antonis Mavropoulos
Efiopiyada “Boeing 737” samolyoti halokatga uchrab, bortidagi barcha insonlar halok boʻlgani haqida xabar bergandik. Afinalik sayyoh Antonis Mavropoulos ham ularning orasida boʻlishi mumkin edi, agar yukini topshirishga ulgurganida, agar ikki daqiqaga kechikmaganida...
Qaygʻuli “Ethiopian Airlines” reysining yagona omon qolgan yoʻlovchisi bu haqda “Greek Reporter”ga soʻzlab bergan.
“Odamlar samolyotga chiqishayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrib turardim. Meni esa chiqarishmaganiga juda jahlim chiqqandi”, — dedi Mavropoulos.
Antonis Mavropolulosning aviachiptasi. Foto: “Facebook”/Antonis Mavropoulos
Fojiadan soʻng uni politsiya soʻroqqa chaqirgan: birgina uning samolyotga chiqmagani shubha uygʻotgandi. Biroq yuklari oʻzidaligini koʻrib, qoʻyib yuborishgan.
“Ethiopian Airlines”ga qarashli “Boeing 737” layneri Addis-Abeba (Efiopiya) aeroportidan parvoz qilganidan soʻng oradan olti daqiqa oʻtib, 60 kilometr uzoqlikda qulab tushgan. Samolyot Nayrobi (Keniya)ga uchayotgandi. Uning bortida barcha insonlar — 157 kishi halok boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi