AQSH Adliya vazirligi xabariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi sobiq xodimi 58 yoshli Ron Xansen Xitoy tomoni uchun josuslik qilganini tan olgan. Bu haqda RIA “Novosti”ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Xansen 2018 yil iyun oyida qoʻlga olingan, Xitoy bilan esa 2014 yildan hamkorlik qila boshlagan.
“Xitoy razvedkasi agentlari bilan oʻz munosabatlari davomida Xansen oʻzi taqdim etgan maʼlumotlar uchun tovon puli sifatida yuz minglab dollar olgan. Xansen ularga turli axborotlar, shu jumladan, tegishli sohalarga aloqador konferensiyalarda toʻplangan maʼlumotlarni taqdim etib kelgan”, - deyiladi vazirlik bayonotida.
Aniqlik kiritilishicha, u nafaqat Xitoy tomoni uchun maxfiy maʼlumot toʻplashga urinishda, balki naqd pullar kontrabandasi, shuningdek, Amerika hududiga tovarlarni noqonuniy olib kirishda ayblanmoqda. Xansen faqat bir band boʻyicha oʻz aybini tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi