
Huquqiy masalalar boʻyicha tashkil etilgan Gruziya parlamentining navbatdagi majlisida “Gruziya orzusi — demokratik Gruziya” boshqaruvdagi partiyasi vakili Irakliy Beray hamda muxolifatchi “Yevropacha Gruziya” partiyasi vakili Otar Kaxidzelar oʻrtasida mushtlashuv yuzaga keldi.
Oʻsha payt huquqiy masalalar boʻyicha qoʻmita rahbari Anri Oxanashvili soʻzga chiqqandi. Oldin Kaxidze Irakliy Berayning yuziga qogʻozlarni irqitdi. Irakliy Beray bu harakatga javoban Kaxidzega tashlandi. Koʻribsizki, ikki deputat mushtlasha ketdi. Mushtlashuvni sud ijrochilari hamda boshqa deputatlar birgalikda toʻxtatishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar