
Bruney sultonligida joriy yilning 3 aprelidan eʼtiboran zino qilgan er yoki xotinlarga, shuningdek, bir jinsli aloqaga kirishganlarga toshboʻron jazosi beriladigan boʻldi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.
Bundan tashqari, oʻgʻrilik qilganlarning qoʻli kesiladi.
Baʼzi xalqaro tashkilotlar, xususan, Xalqaro amnistiya tashkiloti Bruney rahbariyatining bu qarorini qoralab, sharʼiy jazo usullaridan voz kechishga chaqirdi.
Bruney sultonligining rasmiy sahifasida bunday chaqiriqlarga javoban eʼlon qilingan bayonotda shunday deyiladi: “Hukumatimiz boshqalarning buni qabul qilishini yoki tasdiqlashini kutmayapti. Biz kutayotgan yagona narsa – biz ularga hurmat koʻrsatganimizdek, ularning ham bizga hurmat koʻrsatishi”.
Eslatib oʻtamiz, Bruneyda 2014 yilning mayidan beri shariat qoidalari bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar