
Qozogʻistonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev oilasidan ajrashgan. Bu haqda Oqoʻrda rasmiy saytida kuni kecha paydo boʻlgan, davlat rahbarining tarjimai holida aytiladi.
Biroq, davlat rahbari maqomidagi barcha tadbirlarda u yon barmogʻidagi uzuk bilan koʻrinish beradi, deya taʼkidlamoqda Kun.uz.
Prezident Asqar Mamin, Bakitjan Sagintayev va Odilbek Jaksibekov hamrohligida futbol boʻyicha Yevro-2020 chempionati saralash uchrashuviga keldi. Faqatgina uning barmogʻida uzuk boʻlgan.

Foto: akorda.kz
Shu bilan birga, uning hamrohlarining bari oilali, lekin ular rafiqasi borligini isbotlovchi uzukni taqishmagan.
Online.zakon.kz maʼlumotlariga koʻra, Maminning xotini ismi Oltinoy, Sagintayevning - Galiya, Jaksibekovning - Lazzat.
28 mart. Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Fursenko bilan uchrashuv.
Uzuk joyida.

Foto: akorda.kz
Tarjimai holda, mehnat faoliyatidagi yutuqlaridan tashqari, prezident oilasidan ajrashgani, oʻgʻli borligi koʻrsatilgan. Sobiq rafiqasi haqida maʼlumot yoʻq. Taxminlarga koʻra, u - Nadejda Davidovna Toqayeva. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar