
Foto:Qozogʻiston prezidenti sayti
Qozogʻiston prezidenti saytida mamlakatning yangi rahbari tarjimai holi joylashtirildi.
Unda Qosim-Jomart Toʻqayevning ota-onasi, maʼlumoti, oilasi va qiziqishlari haqida maʼlumotlar yozilgan.
Prezidentning otasi Kamol Toʻqayev ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, taniqli yozuvchi, qozoq adabiyotida detektiv-sarguzasht yoʻnalishi asoschisi. Onasi Turar Shabarbayeva Olmaota xorijiy tillar pedagogika institutida ishlagan. Ularning ikkisi ham vafot etgan.
Qosim-Jomart Toʻqayev xalqaro munosabatlar muammolari boʻyicha 10 ta kitob muallifi, sogʻlom turmush tarzi tarafdori hisoblanadi. Badiiy, siyosiy, memuar adabiyotlarni oʻqish bilan qiziqadi.
Qosim-Jomart Toʻqayev turmushidan ajrashgan. Uning Timur ismli oʻgʻli bor.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻiston prezidentining sobiq rafiqasi Nadejda Toʻqayeva ayni paytda Moskvada istiqomat qiladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar