
Facebook Yangi Zelandiyadagi masjidga boʻlgan hujumdan soʻng 24 soat davomida ijtimoiy tarmoqda 1,5 mln. video oʻchirilganligi toʻgʻrisida xabar berdi.
Facebookning tvitterdagi rasmiy sahifasida taʼkidlanishicha ushbu video oʻchirilganidan soʻng 1,2 mln. marotaba ijtimoiy tarmoqqa terakt videosini qayta yuklashga boʻlgan urinishlar taʼqiqlab qoʻyilgan.
Shuningdek, Facebookning Yangi Zelandiyadagi rahbari ijtimoiy tarmoqdagi videoni hujumdan qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hurmat sifatida olib tashlanganini taʼkidladi.
Yangi Zelandiyadagi masjidga boʻlgan hujum oqibatida 50 ga yaqin kishi halok boʻlgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar