Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit va uning rafiqasi – turk aktrisasi Faxriya Evjen ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Bu haqda Milliyet nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Faxriya Evjen vazni 3,67 kg, bo‘yi 52 sm keladigan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
Chalaqoqqa Karan ismi berilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, O‘zchivit tug‘uruq vaqtida rafiqasini qo‘llab-quvvatlab turgan hamda quvonchdan ko‘z yoshlarini ushlab tura olmagan.
Aktyor Show TV kanali bilan telefon orqali suhbatda tug‘uruq yaxshi o‘tganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, ona va farzand o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va yaqin orada shifoxonadan chiqariladilar.
O‘zchivit va Evjenning to‘yi 2017 yil 29 iyunda bo‘lib o‘tgan. Burak va Faxriya "Choliqushi" seriali s’yomkalari vaqtida tanishishgan, ular bu serialda bosh rollarni ijro etishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi