17:30 / 15.04.2019
3 340

Nepaldagi aviahalokat videotasvirga tushib qoldi (video)

Nepaldagi aviahalokat videotasvirga tushib qoldi (video)
Foto: The Kathmandu Post
14 aprel kuni Nepalning Lukla shahridagi Tensing va Hillari aeroportida aviahalokat sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Daryo.uz».
Voqea guvohi samolyotning halokatga uchragan vaqtini tasvirga olgan.

Unda Summit Air aviakompaniyasiga qarashli L-410UVP-E20 Turbolet samolyoti parvozni amalga oshirayotgan vaqtda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan. Samolyot turargohdagi ikki vertolyotga borib urilgan.

Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida ikki kishi — ikkinchi uchuvchi va samolyot yo‘lida uchragan politsiyachi halok bo‘lgan. Jiddiy jarohatlar olgan yana bir tartibni saqlovchi soqchi shifoxonada vafot etgan.

Halokatga uchragan samolyot komandiri va urilgan vertolyot uchuvchisi kasalxonaga yotqizilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nepaldagi aviahalokat videotasvirga tushib qoldi (video)