Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyada “Yil davlat arbobi” deb topildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyada “Yil davlat arbobi” deb topildi
Turkiyaning Ipakyolu strategik tadqiqotlar markazi va Broadcasting group tomonidan tashkil etilgan marosimda Turkiya dunyosiga qo‘shgan hissasi uchun bir qancha siyosatdon, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.

“Yilning davlat arbobi” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib ko‘rildi. Mukofotni Prezidentimiz nomidan yurtimizning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha Qirg‘iziston, Gagauziya, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon davlatlarining konsullari hamda diplomatik korpus vakillari mukofotlarni qabul qilib oldi.

Bu haqda Turkiyaning ”Sondakika” nashri xabar berdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar