Ukrainada 21 aprelda o‘tgan prezident saylovlarida prezident kursisini aktyor Vladimir Zelenskiyga boy bergan Pyotr Poroshenko keyingi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Poroshenko bu haqida Kiyevdagi Bank ko‘chasida tarafdorlari o‘tkazgan namoyishda e’lon qildi.
“Men siyosatdan ketmayapman. Biz yaqin kelajakdayoq umumiy g‘alabamizni ta’minlash uchun birlashamiz. Birgalikda parlament saylovlarida g‘alaba qilish uchun boramiz va keyingi prezident saylovlaridan keyin birgalikda Bank ko‘chasiga qaytamiz”, deb aytgan Poroshenko.
Namoy ish ishtirokchilari “bir yildan keyin” deya hayqira boshlashgan. Poroshenko jilmayib, “Bir yildan keyin bo‘lsa, bir yildan keyin-da”, deb javob qilgan.
21 apreldagi saylovlar natijalariga ko‘ra Poroshenko 25 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi Vladimir Zelenskiy esa 73 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi