Qozogʻistonlik nogiron bolakay Messi bilan uchrashdi (video)
Qozogʻistonlik nogiron bolakay Ali Turganbekov Lionel Messi hamda “Barselona”ning boshqa yulduzlari bilan koʻrishdi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar qildi. Yosh qozogʻistonlik Instagram sahifasida xushxabar bilan oʻrtoqlashdi
“Messi meni boshimni silaganda oʻzimni juda baxtiyor his etdim. U menga nimalardir dedi. Hammasi uchun Yaratganga minnatdorchilik bildiraman!”, - deya yozgan u.
Uchrashuv chogʻida Ali oʻzining kumirlari bilan suratga tushdi va klubning “Kamp Nou” stadionidagi mashgʻulotlari ishtirok etdi. Shuningdek, “Barselona” yulduzlaridan biri Jerar Pike bilan futbol oʻynashga muvaffaq boʻldi.
Avvalroq 11 yoshli Ali Ukraina terma jamoasi sobiq futbolchisi va jamoaning bosh murabbiyi Andrey Shevchenko, afsonaviy Diyego Maradona bilan uchrashishga muvaffaq boʻlgan.