Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan uchrashgani Rossiyaga yetib keldi. Poyezd mahalliy vaqt bilan soat 10larda Rossiya-Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tgan.
Shimoliy Koreya delegatsiyasining zirhli poyezdi Primore o‘lkasidagi Xasan stansiyasiga yetib kelgach, Kim Chen In va uning hamrohlari rus an’anasiga ko‘ra tuz va non bilan kutib olingan.
Biroq Shimoliy Koreya rahbari o‘zini kutib olgan rus qizlari qo‘lidan slavyan xalqining to‘y tantanalarida tayyorlanadigan noni - karavaydan tatib ko‘rishni istamadi.
Shundan keyin delegatsiya vokzal binosiga yo‘l olgan. Kim Chen In Xasandan Vladivostokka yo‘l olgan, bu yerda 25 aprelda uning Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Putin Vladivostokka 25 aprelda keladi, ertasiga esa Pekindagi forumga yo‘l oladi.
Kim Chen In esa Vladivostokda 26 aprelgacha qolib, u uchun muhim bo‘lgan bir necha, jumladan o‘z vaqtida bobosi Kim Ir Sen bo‘lgan joylarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Primore okeanariumida va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarida ham bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi