Amerikalik Usman Bax qiyofani tanish tizimidagi xato tufayli Apple kompaniyasini sudga berdi va undan 1 mlrd dollar tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri Bloomberg'ga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bax 2018 yil noyabrda Massachusets, Nyu-Jersi, Nyu-York va Delaver shtatlaridagi Apple Store magazinlarida o‘g‘irlik qilishda ayblanib hibsga olingan. Hibsga olish uchun berilgan orderda gumonlanuvchining fotosurati bo‘lgan. Da’vogarning aytishicha, fotosuratda tasvirlangan shaxs unga o‘xshamaydi.
Baxning ta’kidlashicha, unga qo‘yilgan ayblovlardan biri – 2018 yil 31 mayda Bostondagi magazinda o‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda — u Manxettenda bitiruv kechasida bo‘lgan.
Bax shuningdek, ilgari fotosurati yopishtirilmagan o‘quv guvonomasini yo‘qotib qo‘yganini aytgan. Politsiyaning taxminiga ko‘ra, haqiqiy o‘g‘ri bu hujjatlarni topib olgan va Apple Store’da identifikatsiyalash chog‘ida undagi ma’lumotlardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Da’voda ko‘rsatilishicha, kompaniya xavfsizlik xizmati magazinlardagi qiyofani tanish tizimi eslab qolgan shaxs bilan Baxning ma’lumotlarini birlashtirib yuborgan.
Baxning advokati Apple kompaniyasidan videokuzatuv kameralari orqali o‘g‘irlik yozib olingan yozuvlarni ko‘rsatishni so‘ragan, ammo kompaniyadagilar bunday yozuvlar yo‘qligini ma’lum qilishgan.
Baxga nisbatan ayblovlar uchta shtatda olib tashlangan, ammo Nyu-Jersida hozircha ish yopilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?