Yetti yoshli Eshton Myurrey (Ashton Murray) marhuma buvisining dafn marosimida qabrga guldasta uchun o‘zi mustaqil ravishda pul ishlab topishga qaror qildi, deya xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.
Myurrey ota-onasining yordamida buvisi Brenda Xasbendning qabriga qo‘yiladigan guldastaga pul to‘plash uchun avtomobillarni yuvmoqchi bo‘ldi. Oila o‘z uylarining yoniga karton quti qo‘yishdi va unga: “Ikki funt sterlingga mashinangizni yuvib beraman”, deb yozib qo‘yishdi. Uning pastiga esa: “Men yetti yoshdaman” degan yozuv ham bor edi.
Ilk 15 daqiqada hech qanday mashina to‘xtamadi, ammo e’lon Feysbukka qo‘yilgach, mijozlar turnaqator bo‘lib ketdi. O‘zida yo‘q xursand Eshton yeng shimarib ishga kirishib ketdi.
Alaloqibat, Eshton 100 funt sterling yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bu pullarga guldasta sotib olinmadi. Negaki, Myurreylarning fikricha, agar buvilari hayot bo‘lganida nevarasi bu pullarga foydali biron nima sotib olishni istagan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi