Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida ruxsat etilmagan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Namoyishchilar Respublika shoh ko‘chasi va Kenesari ko‘chasi bo‘ylab yurib, hokimiyatni haqqoniy va adolatli saylovlar o‘tkazishga chaqirgan.
Poytaxt politsiya departamenti rahbari Yerjan Sadenov va uning o‘rinbosari Bakitjan Malibayev Nur-Sultonda to‘plangan odamlarni tarqalishga chaqirgan va politsiyachilar ishi bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqishga va’da bergan.
Olmaotada bunday namoyishlar Gorkiy nomidagi bog‘da bo‘lib o‘tgan. Qayd etilishicha, har ikkala shaharda to‘plangan namoyishchilar bilan prokuratura va hokimlik ma’muriyati vakillari suhbatlashgan. Shuningdek, ayrim namoyishchilar qo‘lga olingani aytilmoqda.
«Sizlar noqonuniy miting o‘tkazyapsiz. Buning uchun ruxsat olishingiz kerak edi. Ma’muriy javobgarlikka tortilishingiz mumkin. Iltimos, tarqaling...», — degan Olmaotada to‘plangan namoshiychilarga qarata Medeu tumani prokurori Asxat Jakupov.
Qozog‘iston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov 2019 yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq saylov natijalari 16 iyundan kechikmasligi, ushbu lavozimga to‘qqiz kishi da’vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi