Foto: Bishkek IIBB matbuot xizmati
Bishkekda 33 yoshli erkak 9 yashar jiyanini BMW mashinasiga bog‘lab, 20 metrgacha sudrab ketgani aniqlandi. Bu haqda Sputnik ma’lumotiga tayanib, Daryo.uz xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 aprel kuni soat 8:00 da Birinchi May tumani IIBga «Oltin qoziq» mavzesida bir erkak yosh bolani do‘pposlayotgani haqida murojaat kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelgan va erkakning shaxsi aniqlangan.
Uning 9 yoshli jiyani J.K. tanasi momataloq va shilingan holda topilgan. Aniqlanishicha, uni 32 yoshli amakisi do‘pposlab, mashinasiga bog‘lab, yerda sudragan. Bola kasalxonaga yetkazilgan.
Militsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning onasi uni qarindoshlariga tashlab, o‘zi Rossiyaga ishlagani ketgan. Gumonlanuvchi erkak esa Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 266-moddasi — «Bezorilik» bilan ayblanib, qo‘lga olingan.
Bishkek IIBB matbuot xizmati
Biroq keyinroq, Knews nashrining ma’lum qilishicha, militsiya «insonparvarlik» ko‘rsatib, erkakni qo‘yib yuborgan.
Qirg‘iziston ombudsmeni To‘kon Mamitov ishni shaxsiy nazoratiga olgan. U shahar bolalar klinik kasalxonasining neyroxirurgiya bo‘limida yotgan bolaning ahvoli bilan tanishib, shifokorlar bilan suhbatlashgan. Shuningdek, bolaning maktab direktori va sinf rahbari bilan ham gaplashgan.
Foto: Knews
Voqeadan xabar topgan bolaning onasi Rossiyadan yetib kelgan. «Bola huquqlarini himoya qilish ligasi» fondi rahbari Nozgul Turdubekova bolaning onasi ingliz tilidan dars berishini, yozgi ta’til paytida o‘g‘lini o‘zi bilan Rossiyaga olib ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi