06:33 / 08.05.2019
3 065

Germaniyada ilk elektr avtoban ochildi

Germaniyada ilk elektr avtoban ochildi
Germaniyaning Gessen federal yerida 7 may kuni ilk elektr avtoban ochildi. Vaytershtadt va Myorfelden shaharlari orasidagi A5 trassasining 14 kmlik qismi bo‘ylab kuniga bir necha marotaba turli kompaniyalarning elektr yuk mashinalari harakatlanadi.

2020 yil o‘rtalariga kelib sinov trassasiga dizelda ishlovchi va qo‘shimcha elektr motor bilan jihozlangan 5 ta yuk mashinasini olib chiqish rejalashtirilgan.

Elektr avtobanda yuk mashinalar xuddi trolleybuslar kabi yuqoridan o‘tkazilgan elektr tarmog‘idan quvvat oladi.

Bu loyihani amalga oshirishda Darmshtadt texnika universiteti hamda Siemens Mobility va ENTEGA kompaniyalari ishtirok etmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi osma elektr tarmoqlar konstruksiyasi qurilishiga 14,6 mln yevro ajratgan. 2022 yilgacha davom etadigan elektr avtoban sinovlariga qo‘shimcha 15,3 mln yevro ajratish mo‘ljallangan. Ayni vaqtda vazirlik elektr yuk mashinalarini ishlab chiqishga 70 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratgan.

Ma’lum qilinishicha, kelgusida yana ikkita avtobanda shunday konstruksiyalarni qurish rejalashtirilgan. “Elektr motorli va tok qabul qilgichli yuk mashinalar atrof-muhit uchun zararsiz yuk tashishlar yo‘lidagi juda samarali yechim hisoblanadi”, deb aytgan vazirlik vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada ilk elektr avtoban ochildi