date
views 3 070

AQShda to‘rt kunlik yomg‘irdan so‘ng qator shtatlar suv ostida qoldi (video)

AQShda to‘rt kunlik yomg‘irdan so‘ng qator shtatlar suv ostida qoldi (video)
AQShning janubiy va markaziy shtatlarida to‘rt kun davom etgan kuchli yog‘ingarchiliklar katta suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib "Daryo" xabar qiladi.

Eng ko‘p talofat ko‘rgan janubiy shtatlar — Luiziana, Texas va Arkanzas bo‘ldi. Missisipi shtatida esa favqulodda holat e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, kuchli yomg‘ir yog‘ishi 9 mayda boshlangan va 13 mayda to‘xtagan. Ba’zi yo‘llar daryolarga aylangan.

Missisipi daryosidagi suv sathining haddan ziyod ko‘tarilishi sababli, AQSh armiyasining Muhandislar korpusi Yangi Orlean yaqinidagi dambalar buzilmasligi uchun juma kuni Bonnet Karre to‘g‘onini ochishga majbur bo‘ldi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda to‘rt kunlik yomg‘irdan so‘ng qator shtatlar suv ostida qoldi (video)