
Kanadaning Syurrey shahridagi Musulmonlar oziq-ovqat banki direktori Azim Dahyoning aytishicha, Ramazonda Allohning roziligiga erishishning eng maqbul yo‘li – nochorlarning qornini to‘ydirish.
“Bu oyda biz Yaratganga yaqinroq bo‘lishga harakat qilamiz, ezgu ishlarni amalga oshirishning va odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishning uddasidan chiqa olsak, bu bizga ajib tuyg‘ularni bag‘ishlaydi”, – deydi u.
CBC nashrining yozishicha, Musulmonlar oziq-ovqat banki o‘z ishini bundan 10 yil muqaddam bir garajda oziq-ovqat tarqatishdan boshlangan, hozirga kelib esa 400 oilaga xizmat ko‘rsatuvchi ulkan omborga aylandi.
Bankka guruch, un, yog‘ singari asosiy oziq-ovqat mahusulotlari to‘planadi va oyda ikki marta ehtiyojmandlarga tarqatiladi.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar