4 368
O‘zbekistonliklar Ilon Maskning 60 ta sun’iy yo‘ldoshining uchib o‘tishini kuzatdi (video)
24 may kuni oqshomda Yevropa aholisi osmonda tizilishib harakatlanayotgan “yulduzchalar”ni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘plab blogerlar va OAV noma’lum uchar ob’ektlar haqida xabar bera boshlashgan, aslida esa bu ob’ektlar amerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan global internet tizimi uchun orbitaga olib chiqilgan 60 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan.
Niderlandiyalik havaskor astronom Marko Langbruk sun’iy yo‘ldoshlar uchib o‘tadigan joy va vaqtni avvaldan hisoblab chiqib, ularni kameraga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan. “Mana mening videoim, hayratdan dong qotishga tayyor turing”, deb izoh bergan videoga Langbruk.
Biroq Langbruk osmonda 56 ta sun’iy yo‘ldosh borligini sanab chiqqan, vaholanki Falcon 9 raketasi orbitaga 60 ta sun’iy yo‘ldosh olib chiqqan. Bu sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga olib chiqilmoqchi bo‘layotgan 12 mingta sun’iy yo‘ldoshdan birinchilari hisoblanadi. Astronom muntazam ravishda o‘n minglab sun’iy yo‘ldoshlar uchib yuradigan osmon tasviridan xavotir bildirgan.
Ta’kidlanishicha, 25 maydan 26 maygacha o‘tarcha kechasi ushbu holat Olmaota osmonida ham kuzatilgan. Shuningdek, Yaponiyada ham bu haqda ma’lum qilingan.
Loyihaga ko‘ra, AQSh kompaniyasi butun sayyora bo‘ylab internet tarqatish uchun har biri 227 kg keluvchi 11943 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat guruhni tashkil qiladi. Ulardan bir qismi 340 km, qolgan qismi esa 550 km, uchinchisi esa 1150 km balandlikdagi orbitalarda joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi