Filcha sayyohlarning ko‘nglini olish uchun holdan toydi (video)

Filcha sayyohlarning ko‘nglini olish uchun holdan toydi (video)
Tailandning Pattayya shahrida sayyohlar qarshisida chiqish qilayotgan fil bolasi charchoqdan holdan toydi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Voqea o‘tgan haftada Nong Nuch tropik parkida yuz bergan. Kadrdan fil bolasining onasiga bog‘lab qo‘yilganini, o‘rnidan turishga harakat qilayotganini, ammo jazirama issiq va jismoniy charchoq oqibatida oyoqqa tura olmay, yiqilib qolayotganini ko‘rish mumkin.

Mazkur hodisani suratga olgan guvohning ta’kidlashicha, fil bolasi juda achinarli ahvolda bo‘lgan. Biroq park vakillari hayvonga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lmaganliklarini ma’lum qilishdi. Ularning aytishicha, parkdagi barcha jonivorlar sog‘—salomat, ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar