21:10 / 27.05.2019
2 976

Tramp Yaponiyada qanday vaqtichog‘lik qilmoqda? (video)

Tramp Yaponiyada qanday vaqtichog‘lik qilmoqda? (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lib turibdi. Bu AQSh prezidentlarining 1992 yildan buyon Yaponiyaga amalga oshirgan eng davomli tashrifi bo‘lib turibdi. AQSh yetakchisi Yaponiyada nafaqat siyosiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda, balki vaqtichog‘lik qilishni ham unutmayapti.

Trampning tashrif davomida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan golf o‘ynashi aytilgandi. 26 may kuni ikki mamlakat yetakchisi kelishilganidek golf o‘ynashdi. Bu o‘yinga yaponiyalik mashhur golfchi Isao Aoki ham taklif qilindi.

Tramp va Abe bu o‘yinni yaxshi ko‘rishadi. Ular umumiy 5-marta birga o‘ynashdi. Oxirgi marta siyosatchilar aprel oyida Abening AQShga tashrifi doirasida golf o‘ynashgandi. «Hozir Sindzo Abe bilan golf o‘ynaymiz. Yaponiya bu o‘yinni yaxshi ko‘radi»,- deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Tramp Yaponiya milliy sporti sumoni ham yoqtirishini aytgandi. Yaponiyada uning tashrifi munosabati bilan sumo bo‘yicha «AQSh prezidenti Kubogi» musobaqasi tashkil qilindi. Rafiqasi Melanya bilan sumo bahslarini tomosha qilgan Tramp 30 kiloli bosh sovrinni g‘olibga o‘zi topshirdi. Sovrin AQShdan olib kelingandi.

Foto: REUTERS
AQSh yetakchisi va uning rafiqasi yapon oshxonasida ovqatlanishga ham ulgurishdi. U yerda taomlar mehmonlarning ko‘z o‘ngida tayyorlandi va Tramp ovqat mahalida Yaponiyaga bo‘lgan tashrifi ajoyib o‘tayotganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Yaponiyada qanday vaqtichog‘lik qilmoqda? (video)