date

Nazarboyev Qozog‘iston go‘zali bilan raqsga tushdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonadagi “Duman” ko‘ngilochar markazida shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan bayramona balga tashrif buyurdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmatiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Tashrifchilarga murojaat qilarkan, mamlakat rahbari kelasi yil Qozog‘iston 25 yillik yubileyini nishonlashini alohida qayd qilib o‘tdi.

“Bu bayramni munosib kutib olish uchun butun mamlakat bir butun bo‘lib mehnat qiladi, - dedi u. – Suverenitet yillarida amalda boshqa mamlakat yaratildi, bu barcha qozog‘istonliklarning mehnatlari mahsulidir. Ko‘p etnosli va ko‘p konfessiyali xalqimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

Shuningdek, Nazarboyev barchani kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Shundan so‘ng “Qozog‘iston go‘zali-2015” tanlovi g‘olibasi Aliya Mergembaeva davlat rahbarini raqsga taklif qildi.Xayriya balida to‘plangan mablag‘ “Miloserdie” jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev Qozog‘iston go‘zali bilan raqsga tushdi