Foto: News.tut.by
Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har bir uchrashuvini o‘zgacha iliqlik bilan eslashini aytdi. «TASS»ning yozishicha, Rossiyaga tashrifi davomida mahalliy nashrlarga bergan intervyuda ma’lum qilgan.
«Vedomosti»ning yozishicha, Si Szinpin 2013 yildan boshlab Putin bilan 30 marta shaxsan uchrashganini, u bilan doim telefonda muloqot qilishini va xat yozishib turishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan suhbati doim chuqur va «keng doiradagi mavzularda» bo‘ladi. Xitoy rahbari, shuningdek, boshqa chet ellik rahbarlarga nisbatan Putinni «eng yaxshi va ishonchli do‘st» deb atagan.
Szinpinning fikricha, Rossiya va Xitoy rahbarlarining «dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan qarashlari bir xil» va davlatni boshqarish borasidagi qabul qilgan konsepsiyalari ham ko‘p jihatdan o‘xshash.
Xitoy rahbari Rossiyaga tashrifi 5 iyun kuni boshlanadi. Muzokaralar Moskvada bo‘lib o‘tadi va 6—7 iyun kunlarigacha davom etadi. Uning tashrifi davomida 30 dan ortiq hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi