date

Amerikalik qiz 196 ta davlatda bo‘lgan eng yosh sayohatchi bo‘ldi

Amerikalik qiz 196 ta davlatda bo‘lgan eng yosh sayohatchi bo‘ldi
Amerikalik Leksi Elford 21 yoshida 196 ta davlatda bo‘lgan eng yosh sayohatchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
Avval bu borada shunday katta ko‘lamli sayohatni 24 yoshigacha amalga oshirgan Jeyms Askvit rekordchi hisoblangan.

Leksining aytishicha, unga sayohati davomida Shimoliy Koreyaga tashrif buyurish eng qiyini bo‘lgan. Uning katta sayohati aynan shu davlatda yakun topgan.

“Eng qiyini bu yerlarning barchasida bo‘lganimni isbotlash bo‘lgan. Men tashrif buyurgan har bir davlatda bu haqida ma’lumotlar olishim kerak bo‘lgan: samolyotga olingan chipta, pasportdagi shtamplar, mehmonxonada yashaganlik uchun kvitansiyalar, hisobot jurnalini yuritish”, deb aytgan sayohatchi qiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik qiz 196 ta davlatda bo‘lgan eng yosh sayohatchi bo‘ldi