5 956
Moskvada politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Moskvada 7 iyun kuni O‘zbekiston fuqarosi politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqladi.
«O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S.ning 7 iyun kuni Moskva shahar ‘Koptevo’ IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqladi», — deyiladi TIV axborotida.
Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi. «Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan», — deyiladi rasmiy axborotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi