Buyuk Britaniyada miloddan avvalgi 293-296 yillarga tegishli noyob Qadimgi Rim oltin tangasi auksion vaqtida 552 ming funt sterlingga sotildi. Bu narx shunday lotlar uchun rekord narx bo‘ldi.
Tanganing sotilishi bilan bog‘liq tafsilotlar Dix Noonan Webb auksion uyi tomonidan ma’lum qilindi. Gap yaqinda Kent grafligida shudgor qilingan yerda topilgan oltin tanga haqida bormoqda. Mutaxassislar tanga Britaniyada imperator Allektus hukmronlik qilgan davrda zarb etilganini aniqlashgan.
Tanganing og‘irligi 4,31 gramm kelib, hozirgi shunday qiymatdagi tangalardan biroz og‘irroq keladi. Kolleksionerlarga ushbu tanga Allectus aureus nomi bilan ma’lum bo‘lib, butun tarix davomida shunday tangadan bor-yo‘g‘i 24 ta topilgan.
Dastlab tanga 70-100 ming funt sterlingga sotilmoqchi bo‘lgan, biroq u uchun internet va telefon orqali murosasiz kurash kechgan. Natijada uni anonim kolleksioner sotib olgan.
“Men bu aqlbovar qilmas narxdan hayratdaman, bu tanga biz Dix Noonan Webb’da sotgan eng qimmatbaho tangadir. Endi u dunyodagi eng qimmatbaho Rim tangalaridan biri va Britaniyada zarb etilgan eng qimmatbahosi hisoblanadi”, deb aytgan auksion uy rahbari Kristofer Uebb.
Ta’kidlanishicha, imperator Allektus zamonida oltin tangalar uning miloddan avvalgi 296 yildan 293 yilgacha hukmdorligining butun davri davomida zarb etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi