3 427
Bishkek sammitida qatnashayotgan Eron prezidenti AQShni mintaqa va dunyoga tahdid deb atadi
AQSh o‘zining tajovuzkor siyosati bilan Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligi va butun dunyoga tahdid solmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida ana shunday bayonot berdi.
"AQSh hukumati keyingi ikki yil davomida barcha xalqaro qoidalarni buzib, moliyaviy va harbiy imkoniyatlaridan foydalanib tajovuzkor harakatlar qilmoqda va mintaqa hamda dunyoga jiddiy tahdid solmoqda", - dedi u.
Vashington xalqaro hamjamiyatni BMT xavfsizlik kengashining Eron bilan savdo munosabatlarini yaxshilash to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini buzishga majbur qilmoqda, dedi Ruhoniy.
2018 yil 8 mayda AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqishini e’lon qildi va bir tomonlama tartibda sanksiyalar kiritdi.
Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Tojikiston prezidentlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mongoliya rahbarlari kuzatuvchi sifatida taklif etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi