
Foto: AP
AQSh Qurolli Kuchlari markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, Eronning tankerdagi portlashga aloqadorligini isbotlovchi videolavha keltirildi, deb xabar berdi «Daryo.uz» nashri.
Qayd etilishicha, unda Eron Inqilobchi gvardiyasining harbiy xizmatchilarining Ummon ko‘rfazidagi tankerlardan biridan portlamagan minani olayotganini ko‘rish mumkin.
Harbiylarning ta’kidlashicha, Inqilobchi gvardiyaning patrul kateri portlash oqibatida avval zararlangan Kokuka Courageous kemasidan portlovchi moddani olgan. Ushbu lavhani CNN telekanali ham tarqatgan.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti Eronning Fors ko‘rfaziga chiqishda ikkita tankerlar portlatilishi orqasida aynan Eron turganini ma’lum qilgandi. Hujum oqibatida har ikki kema jiddiy zarar ko‘rgan. Ularning ekipajlarini esa evkuatsiya qilishga erishilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar