Ivanka Tramp 2018 yilda qancha daromad topgani aytildi

Ivanka Tramp 2018 yilda qancha daromad topgani aytildi
Foto: EPA
AQSh prezidentining maslahatchisi va qizi Ivanka Tramp Vashingtonda otasiga tegishli Trump International mehmonxonasidan 2018 yili qariyb 4 million dollar daromad olgan. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Shu bilan birga, Ivankaning brendiga qarashli kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari va boshqa tovarlarni o‘z ichiga olgan trastdan tushgan daromad hajmi 2017 yilga nisbatan 5 milliondan 1 million dollarga qisqargan.

Shuningdek, Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i ham Amerika prezidenti maslahatchisi bo‘lib, ularning 2018 yildagi umumiy daromadi kamida 28 million dollarni tashkil etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar