Qirg‘iziston ShHT doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishni taklif qildi

Qirg‘iziston ShHT doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishni taklif qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida tashkilotning taraqqiyot bankini tuzish masalasini ko‘tardi.

U mazkur bankni tuzish, xususan o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishni taklif qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar, jumladan, kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport-logistika aloqalarini yanada chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega.

«Shu bois biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi tezroq amalga oshirilishi tarafdorimiz», — dedi Sooronbay Jeenbekov.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

O‘zbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar