AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlar AQShdan keyingi haftadan boshlab ommaviy deportatsiya qilish boshlanishini ma’lum qildi. «Korrespondent.net»ning yozishicha, bu haqda Tramp 18 iyun kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
«Keyingi hafta AQShning immigratsiya va bojxona politsiyasi mamlakatga noqonuniy kirgan millionlab muhojirlarni deportatsiya qilish jarayonini boshlaydi. Ular qanday tez kelgan bo‘lsa, shunday tez chiqarib yuboriladi», — deb ta’kidlagan u.
Shu bilan birga, Amerika rahbari o‘zining raqibi — demokratlarni migratsiya nazorati masalasiga e’tibor qaratmaganlikda aybladi.
«Meksika o‘zining qat’iy immigratsiya qonunlari tufayli odamlar bizning janubiy chegaralarimizgacha yetib borishdan to‘xtatib qolish uchun juda yaxshi ishlamoqda. Gvatemala «Uchinchi xavfsiz mamlakat to‘g‘risida» kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Faqat Kongressdagi demokratlargina hech nima qila olmaydi», — degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Tramp aprel oyida agar noqonuniy muhojirlar oqimi to‘xtatilmasa, Meksika bilan chegarani yopish bilan tahdid qilgan edi.
Vashingtonning boj to‘lovlarini joriy etish tahdididan so‘ng Meksika rasmiylari noqonuniy migratsiya bilan kurashish maqsadida AQSh bilan chegarada Milliy gvardiyani joylashtirish majburiyatini oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi